Termiz davlat universiteti Yaponiyaning "Alpha Kokusai Gakuin" instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Termiz davlat universiteti va “Alpha Kokusai Gakuin” instituti vakillari ishtirokidagi uchrashuvda dastlab Surxondaryoda “Yaponiya-Oʻzbekiston texnologik universiteti”ni tashkil etish borasidagi ishlar muhokama qilindi. Tashkil etiladigan universitetda qishloq xoʻjaligi, tibbiyot hamshirasi, stomatologiya, mehmonxona va servis, qurilish sohasi, avtomobilsozlik yoʻnalishlarida mutaxassislar tayyorlanadi. 

Ma'lumot uchun: yangi universitet faoliyatini Termiz xalqaro savdo markazi hududida olib boradi. Taʼlim davomiyligi 4 yil boʻlib, shundan dastlabki 2 yilda Termizda til va tanlangan yoʻnalish boʻyicha taʼlim beriladi, qolgan 2 yilda oʻqish Yaponiyada davom ettiriladi hamda talabalar oʻz sohasi boʻyicha korxonalarda ish haqi olib amaliyot oʻtaydi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi. Hamkorlikdagi tadqiqotlar, qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy tadbirlar oʻtkazish, talaba va oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish kabi masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

Yakunda mehmonlar universitetining kampusi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqidan tanishishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-27
  • 0

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 3

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 75

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil