O‘Z BILIMINGIZ VA IQTIDORINGIZGA ISHONING!

Respublikamizda ayni paytda 2021-2022-o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish jarayonlari yakunlandi. Ammo magistratura va o‘qishni ko‘chirish, tiklash bo‘yicha hujjatlar onlayn qabul qilinmoqda. 

Alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar olinishi belgilangan. Termiz davlat universitetida ham 29 iyuldan kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanadi. Imtihon jarayonlarida, ya’ni baholash jarayonida universitetimizdan hech bir professor-o‘qituvchi ishtirok etmasligini alohida ta’kidlamoqchiman. Ushbu jarayonlarda respublikamizning turli oliy o‘quv yurtlaridan mutaxassislar vazirlik buyrug‘i asosida jalb qilingan. 
Ayni kunlarda ayrim ota-onalarimiz va abituriyentlar o‘qishga kirish uchun qing‘ir yo‘llarni qidirib, firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolayotgani haqida  OAVlarida materiallar e’lon qilinmoqda. 

Avvalgi murojaatlarimizda ham ta’kidlab o‘tganimizdek,  bunday aldovlarga ishonmasliklaringizni yana bir bor so‘rayman. Universitetda tanishi ishlashi va u orqali o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar firibgarlardir. Yuqorida aytib o‘tganimdek, barcha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga universitetimiz professor-o‘qituvchilari ishtirok etmaydi. Qolaversa, imtihonlarni ochiq, shaffof va adolatli o‘tishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bevosita imtihon jarayonlarini ota-onalar onlayn kuzatib borishi mumkin. Shuningdek, jarayonlarni kuzatib borish uchun OAV xodimlari, blogerlar, deputat va jamotchilik vakillari ham taklif etildi. 

Aziz,  abituriyentlar!
Sizlarga qulay bo‘lishi va pandemiya sharoitini hisobga olib, yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlar shakllantirilib,  kirish vaqtlari ko‘rsatilgan. Har bir abituriyent belgilangan vaqtda imtihonlarga kirsa, avvalo, masofa saqlangan va  issiq ob-havo sharoitida kutib qolishlar ham bo‘lmas edi. Sizning sog‘ligingiz ham biz uchun muhim. 

Sizlardan, avvalo, o‘z bilimingiz va iqtidoringizga ishonishingizni so‘rayman. Tinimsiz izlanib, zarur bilimlarni egallagan va iqtidorli bo‘lsangiz, ishoningki, mehnatingiz ro‘yobga chiqadi. Siz, albatta, talaba bo‘lasiz.

Aziz farzandlarim! Sizlarga imtihonlarda muvaffaqiyatlar tilayman! Talabalik baxti barchangizga nasib qilsin! 

Avazjon MARAXIMOV,
Termiz davlat universiteti rektori, professor

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Termiz davlat universitetida apellatsiya murojaatlari ko‘rib chiqildi

  • 2026-08-03
  • 115

2026-yil 3-avgust kuni ko‘zi ojiz abituriyentlar tomonidan kirish imtihonlari natijalari yuzasidan berilgan apellatsiya murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

Batafsil

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi!

  • 2026-08-03
  • 116

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy “Ijtimoiy taraqqiyot uchun”

Batafsil

TerDU olimining navbatdagi ilmiy yutug‘i!

  • 2026-07-31
  • 117

Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi mudiri, professor Kasimov Sherzod Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan O‘zbekiston – Belarus fundamental ilmiy loyihalar tanlovining 104-turi g‘olibi bo‘ldi.

Batafsil