TerDU: Universitet Kengashining navbatdagi yig‘ilishi tafsiloti

Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishida kengash aʼzolari rektorat majlislar zalida bevosita, qolgan ishtirokchilar fakultetlarda videokonferensiya aloqa (ZOOM) orqali onlayn ishtirok etishdi.

Kengash avvalida muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan, ilmiy unvon hamda ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilarga diplom attestatlari tantanali ravishda topshirildi.

Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmonida belgilangan vazifalar Termiz davlat universitetida bajarilishi to‘g‘risida, universitetning 2021-yil bo‘yicha milliy reytingdagi o‘rni tahlili: yutuqlar, muammo va kamchiliklar, vazifalar hamda pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Kengash aʼzolari universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, monografiya, risola hamda o‘quv qo‘llanmalarni nashr etish uchun tasdiqlab berishdi.

Shuningdek, darslik, monografiya, o‘quv qo‘llanmalari nashr etilganlar ham qutlandi.

Yakunda kun tartibiga qo‘yilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi bo‘yicha qarorlar chiqarildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 61

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 54

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil