Kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Talaba-yoshlarning darslarga kelib-ketishi, odob-axloq, kiyinish odobi masalalari, fakultet tyutorlari tomonidan  axborot-murabbiylik soatlarida faol talabalar bilan ijtimoiy indekslar ishlab chiqilishi va boshqa masalalar bo’yicha kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.

Yig‘ilishdi Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor O.Shofiyev, Rektor maslahatchisi S.Aliqulov, universitet xotin-qizlar masalalari boʻyicha   kengash raisi D.Hamzayeva, Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi, talabalarning turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlimi boshligʻi, fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, profilaktika inspektorlari, talabalar turar joyi direksiya rahbari, universitet yoshlar yetakchisi ishtirok etishdi. 

Unda yangi 2022/2023-oʻquv yilida talabalikka qabul qilingan birinchi kurs talabalarini hemis axborot tizimiga kiritish, TTJ kamchiliklarini bartaraf etish hamda univerisitetda ijro intizomiga qa’tiy amal qilish, amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar ijrosi, universitetda yurish-turish qoidalari va talabalar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Yakunida kerakli vazifalar belgilab olindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 54

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil