TerDUga “Kitob karvoni” yetib Termiz davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat festivali” doirasida “Kitob karvoni” tashkil etildi. Unda Termiz davlat universiteti rektori Avazjon

Termiz davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat festivali” doirasida “Kitob karvoni”  tashkil etildi. Unda Termiz davlat universiteti rektori Avazjon Maraximov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Uyushma raisining tashkiliy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Gʻayrat Majid, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Mengnor Allamurodov hamda fakultetlarning ijodkor talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Talabalarni o‘zbek tili va adabiyotining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda, Vatanga muhabbat hamda sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash lozimligi qayd etildi. Ta’kidlash joizki, o‘zbek milliy adabiyoti chinakamiga rang-barangdir. Uning bag‘rida turli-tuman ijodiy tajribalar kechadi, ijodiy yo‘nalish va oqimlar kesishadi va shu orqali cheksiz olam bag‘rida kechayotgan insonning murakkab dunyosi kashf etiladi. Adabiyot milliydir, u har bir xalq madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Xalqning tarixiy hayoti hamda ruhiyatidagi xususiyatlar adabiyotning milliyligi mazmunini tashkil etadi va o‘ziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Milliy shaklning yuzaga kelishida adabiyot tomonidan uzoq davr mobaynida yig‘ilgan tajriba va an’analarning ham ahamiyati katta bo‘ladi. Uchrashuv davomida oliygohga talabalarning ma’naviyatini yuksaltirish hamda kitobxonlik madaniyati oshirish maqsadida uyushma tomonidan turli nomdagi kitoblar jamlanmasi taqdim etildi, mehmonlar hamda ijodkorlar o‘rtasida o‘zaro fikr almashilindi, takliflar bildirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil