TerDUda "ZIYOLILAR FORUMI" o‘tkazildi

Termiz davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston - inson qadri ulug‘langan yurt!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat festevali” doirasida “ZIYOLILAR FORUMI” tashkil etildi.

Ushbu forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad –maʼnaviy hayotimizni yangi bosqichga ko‘tarishda avvalambor, joylardagi targ‘ibotchilarni jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, milliy maʼnaviyatimizni rivojlantirish, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, badiiy ijod sohalarining maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotimizdagi o‘rni va rolini yanada oshirishdan iborat. Shuningdek, Yangi Uyg‘onish davri poydevorini yaratish jarayonida erkin va hur fikrli yoshlarni shakllantirish, zamonaviy innovatsion maʼnaviy makonni yaratishga hissa qo‘shishdir.

Forumni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minxojiddin Xojimatov ochib berdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova va boshqa bir qancha madaniyat va san’at vakillari tomonidan "Maʼnaviyat, zamonaviy tarbiya uslublari va auditoriya bilan ishlashda psixologik yondashish",  "Omma bilan ishlashning yangicha usul va metodlari, targ‘ibotchilarning notiqlik mahorati" mavzulari yuzasidan yosh targ‘ibotchilar bilan ma'ruza qilindi va ilmiy-amaliy munozaralar o‘tkazildi.

Forumda "Ma'rifatZiyo" mobil ilovasining taqdimoti bo'lib o‘tdi. Ushbu mobil ilova orqali foydalanuvchilar “Maʼdaniyat-maʼrifat”, “Siyosat va huquq”, “Fan-taʼlim”, “Adabiyot va sanʼat” sohalarida faoliyat olib borayotgan taniqli olimlar va ziyolilarning ilmiy-ommabop asarlari bilan yaqindan tanishib, ularning onlayn treninglarida ishtirok etishingiz maʼlumotlarni qisqa fursatda o‘qish va yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Seminarda mavzular yuzasidan targ‘ibotchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha ma'lumot berib o‘tildi. Tadbir yakuniga qatnashchilarga sertifikat va kitob jamlanmalari topshirildi.‘

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil