TerDU: yangi o‘quv yili boshlandi

Talabalik hayotning eng qaynoq fasli, cheksiz orzu-umidlar davridir. Uning oʻzgacha sehri, jozibasi borki, umrning eng shirin dami sifatida yodimizda qoladi. 

Joriy 2022/2023 oʻquv yilida ana shunday baxtiyor yoshlar Termiz davlat universitetining talabasi boʻlishdi. TerDUda yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonda el aziz aziz, inson aziz!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi va unda universitet rektori A.Maraximov O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi hamda talabalikka qabul qilingan yoshlarni ushbu yutuqlari bilan samimiy qutladi. 

Oliygohning professor-o‘qituvchilari talabalarga o‘zlarining iliq tilaklari va maslahatlarini berishdi.

Tadbirda 1-kursga qabul qilingan talabalar ham soʻzga chiqishib, shu oliygohda tahsil olishidan baxtiyor ekanliklarini taʼkidlashdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil