TerDU rektori Fransiya elchisi bilan uchrashdi

Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov Fransiya elchisi Orelia Bushez bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Uchrashuvdan maqsad, mamlakatimizda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada elchixonalarning hamkorligini oshirish, kadrlar salohiyatini yanada yuksaltirishdan iboratdir. Delegatsiya aʼzolarini Termiz davlat universiteti rektori Avazjon Marahimov boshchiligidagi universitet rasmiylari kutib olishdi.

Oʻtkazilgan uchrashuvda ikki mamlakat taʼlimi tizimidagi hamkorlikni mustahkamlash borasida muzokaralar olib borildi. 

Samimiy ruhda boshlangan uchrashuv avvalida universitet rahbari mavjud kadrlar bazasidan samarali foydalangan holda, TerDu qoshidagi akademik litseyda fransuz tilini ikkinchi til sifatida o’qishni yo’lga qo’yish, filologiya va tillarni o’qitish: fransuz tili yo’nalishining iqtidorli talabalariga Fransiyaning top-1000 likdagi universitetlarida akademik mobillik asosida ta’lim olishlariga imkon yaratish hamda mazkur yo’nalishni rivojlantirish maqsadida xorijdan kadrlar jalb etish haqida toʻxtalib oʻtdi. 

Shuningdek, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko’magi asosida amalga oshirish lozim bo’lgan vazifalar muhokama qilindi. Surxondaryoda fransuz tilini rivojlantirish maqsadida mazkur yo’nalish uchun zarur moddiy-texnik bazani, kutubxona fondini Fransiyaning Hachette, Didier, Cle international nashrlari tomonidan chop etilgan Methode bilan boyitishda amaliy ko’mak berish,shu boradagi grantlar haqida ma’lumot berish, akademik mobillik asosida ta’lim olish istagidagi talabalarga Campus France tomonidan moddiy ko’mak olish borasidagi takliflar, yillik talabalar, o’qituvchi – professorlar uchun grantlar ajratilganda, geografik joylashuvni hisobga olgan holda Surxondaryo viloyatiga alohida o’rin ajratish, fransuz tili va madaniyatini keng targ’ib qilish maqsadida fransuz tili mutaxassislarini xorijdan jalb etish masalasida amaliy ko’mak berish lozimligi borasida fikrlar bildirdi.

Yakunda Fransiya oliy taʼlim muassasalari va Termiz davlat universiteti oʻrtasidagi kelgusidagi hamkorlik aloqalariga kelishib olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil