Xabaringiz bor, 8 avgust sanasidan mamlakatimizda oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari boshlandi.

Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari test jarayonlariga qatnashadigan abituriyentlarning kirishlarida tartib-intizomni saqlashda faolishtirok etishmoqda.

Bu yilgi test sinovlari ham ob-havo sharoiti hamda sanitariya talablarini inobatga olgan holda asosan xiyobon va stadionlar, ochiq joylarda erta tongdan tashkil etilmoqda. 

Abituriyentlar test sinovlarini bemalol topshirishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Stadion hududida test topshirish jarayonini kuzatish uchun zarur kuzatuv kamera va boshqa texnika vositalari bilan ta’minlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra,  joriy yilda OTMlarda o‘qish istagini bildirgan 1 million 146 ming 744 abituriyentdan hujjat kelib tushgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil