Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi abituriyentlar imtihon topshirishdi

Termiz davlat universitetiga 2022-2023 o’quv yili uchun bakalavriat bosqichiga hujjat topshirgan ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi abituriyentlarning imtihoni bo’lib o’tdi.

Dastlab, universitet rektori A.R.Maraximov barcha abituriyentlar bilan suhbatlashdi hamda ularning ilmiy faoliyat bilan shugʻullanib, oʻz sohasining yetuk mutaxassisi boʻlishi lozimligini taʼkidlab, iliq tilaklarini bildirib oʻtdi.

Oliygohda ko'zi ojiz abituriyentlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Imtihon jarayonlarini Surxondaryo viloyati Ko'zi ojizlar jamiyati direktori Jovliyev Bekmurod Bekmurodvich ham kuzatib bordi.

21 nafar abituriyent 9 ta ta’lim yo’nalishi – Yurisprudensiya. Tarix, Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili, Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili, Filologiya va tillarni o’qitish: rus tili, Psixologiya: amaliy psixologiya, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari, Fizika, Matematika yo’nalishlarida imtihon topshirishdi.

Abituriyentar imtihonlarni mutaxassislik fanlardan yozma shaklda brayl alifbosida va amaliy tarzda topshirishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil