Bugun Termiz davlat universitetida hamda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida xotin-qizlar ishtirokida “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligi boshlandi. Haftalikda viloyatdagi barcha oliy o‘quv yurtidan ixtirochi, ilm fan sohasida samarali faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar, talabalar va ishbilarmon ayollar taklif etildi.
Haftalik doirasida "Davlat grantlari va ular uchun oʻtkazilgan tanlovlarda xotin-qizlarning roli, muammo hamda yechimlar" mavzusida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Xidirova Zulhumor Abdurashidovna, oliygoh rektori Maraximov Avazjon Raximovich so‘zga chiqib, yurtimizda xotin-qizlarni, xususan, ilm-fan sohasida ish olib borayotgan olima, ixtirochi, ilg‘or, innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidlashdi.