Xabaringiz bor, respublikamiz bo’yicha 2022/2023 o‘quv yili bakalavriat bosqichi uchun kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning bosh maqsadi abituriyentlarning tanlangan mutaxassislik bo‘yicha imkoniyatlarini aniqlash, bilimlari va malakalari darajalarini, kasbiy ko‘nikmalarini, ijodiy hamda jismoniy qobiliyatlarini baholashdir.
Joriy yilning 2-avgust sanasida Termiz davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etuvchi professor-o’qituvchilar ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
“Ijodiy imtihonlarning shaffof va adolatli o’tishi oliy ta’lim tizimi uchun muhimdir. Imtihon jarayonlarida abituriyentlar holis va adolatli baholanib, haqiqiy iste’dodli, bilimli yoshlarimizni talabalar safidan joy olishlari lozim”, deya ta’kidladi TerDU rektori A.Maraximov.
Shundan so’ng o’qituvchilarning xavfsizligi, imtihon jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar, tayyorgarlik ishlari to’g’risida fikrlar almashilindi.