Joriy yilning 1-iyul sanasidan Termiz davlat universiteti oʻquv binosida viloyatimizdagi 721 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining yangi saylangan raislari uchun mahallabay ishlash tizimini shakllantirish, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, aholi muammolarini mahallada hal etish masalalarini oʻz ichiga olgan oʻquv-seminari boshlangan edi.
Bugun Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov navbatdagi bosqichda bilim va koʻnikmalarini oshirayotgan mahalla raislari bilan muloqot oʻtkazdi. Muloqotda Prezidentimiz tomonidan mahalla tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Mahalla raislari xalqimizni rozi qilishda, islohotlarni har bir xonadonga kirib borishida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.
Uchrashuvda rektor A.Maraximov tomonidan universitetning mahallalar bilan hamkorligini yanada mustahkamlash borasida bir qancha takliflar bildirildi. Xususan, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarini ikkinchi oliy ta’limga o‘qish uchun suhbat va imtihonlarsiz qabul qilinishi, universitet talabalarining mahalla xonadonlarida fan to‘garaklarini tashkil etishi hamda mazkur talabalar universitet tomonidan munosib rag‘batlantirilib borilishi ta’kidlandi.
Ularning masʼuliyatli va sharafli vazifani bajarishlarida omad tilab, mahalalarning yangi rislariga yuksak ishonch bildirdi.