Termiz davlat universitetiga “TRIGGER” loyihasi bo‘yicha Nina Hadidomova psixologiya magistri Innovatsiyalar va rivojlanish assotsiatsiyasi (Koshitsa, Slovakiya), Mariya Panoraia Kandila, IDEC S.A. ning Yevropa Ittifoqi loyihalari menejeri, Nefeli Dimopulu, IDEC S.A. ning Yevropa Ittifoqi loyihalari menejeri tashrif buyurishdi.

Ushbu tadbirda asosiy maqsad – “TRIGGER” loyihasini yanada mukammallashtirish hamda ushbu loyiha mavzusi, talaba yoshlarimiz o‘rtasida jahon standartlariga asoslangan tadbirkorlikni amalga oshirish va vatanimiz iqtisodiyotini rivojlantirish.

Uchrashuv jarayonida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor M.M.Xoshimxo‘jayeva, Moliya kafedrasi mudiri U.To‘lakov so‘zga chiqib, loyihaning yutuqlari va kamchiliklari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.
