Termiz davlat universitetida 2022 yil 7-iyul kuni universitet Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Dastlab muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan, ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilarga diplom attestatlari tantanali ravishda topshirildi.
Kun tartibida universitetda 2021-2022 o‘quv yili yakuni va 2022-2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, Kimyo fakultetida ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardoshli kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlar, universitetning 2021 yilgi milliy reytingi ko‘rsatkichlari tahlili, talabalar bilimi monitoringi hamda ish beruvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va natijalari bo‘yicha yozma javoblar berish holati to‘g‘risida masalalar ko’rib chiqildi.
Kengash aʻzolari universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, monografiya, risola hamda oʻquv qoʻllanmalarni nashr etish uchun tasdiqlab berishdi.
Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.