Termiz davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga bag’ishlangan yig’ilish tashkillashtirildi.

Ayni damda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy qonuni loyihasiga bag’ishlab ayrim joylarda umumxalq muhokamasi bo’lib o’tmoqda  

Bugun ham ushbu siyosiy jarayonga bag’ishlangan muloqot Termiz davlat universiteti va “Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati bo‘linmasi hamkorligida o’tkazildi.

Muloqotda Termiz davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha prorektor O.Shofiyev, kafedra mudiri, tarix fanlari doktori, professor Sh.Shaydullayev va “Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati bo‘linmasi rahbari G.Amirova ishtirok etishib, Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.  

Shuningdek konstitusiyaga kiritilayotgan tuzatishlarning Yangi O‘zbekistonni yangi bosqichda yuksaltirishdagi o‘rni, insonning huquq va erkinliklari, tadbirkorlik va yerga oid masalalar, oila, mehnat munosabatlari, sud-huquq sohasi, ta’lim, tibbiyot, ekologiya va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda taklif etilayotgan o‘zgartirishlarning ahamiyatini tahlil qildi. Ta’lim sohasiga oid bandlar muhokama etildi.

Asosiy qonunimizni takomillashtirishga qaratilgan konstitusiyaviy islohot bilan aholi keng qatlamlari xabardorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 49

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 51

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 52

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil