Oliy ta’lim muassasida tahsilni tugatgach, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish har bir yosh talaba yigit-qizlarning maqsadi hisoblanadi.
Shu munosabat bilan bugun Termiz davlat universitetida bitiruvchi kurs talabalarini ish bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu mehnat yarmarkaga Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi va viloyatning tuman (shahar) Aholi bandligiga ko'maklashish markazlari , Xalq ta’limi boshqarmasi, Maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamda bir qator bank vakillari tashrif buyurishdi.
Bugungi kunda Termiz davlat universitetini 3146 nafar (shundan 567 nafari magistr) talaba bitirmoqda. Hozirgi kungacha oliygohning 2267 nafar bitiruvchi kurs talabalari mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlangan.
Navbatdagi tashkil etilgan mehnat yarmarkasi davomida Sariosiyo tumani maktablariga 36 nafar, Qumqo‘rg‘on tumani maktablariga 5 nafar talabalarimiz geografiya, rus tili , ingliz tili va matematika, ona tili va adabiyoti fanlari o‘qituvchi lavozimiga, 21 nafar talaba bank, sug‘urta, moliya, xizmat ko‘rsatish sohalari bo’yicha shu yerning o‘zida ishga qabul qilish bo‘yicha shartnoma imzolashdi.