Termiz davlat universiteti hamda Surxon sanoat qurilish kompaniyasi hamkorligida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda Surxon sanoat qurilish kompaniyasida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari uchun suhbat bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada Iqtisodiyot va turizm, Kimyo hamda Arxitektura va qurilish fakultetlarining bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishdi.
.jpg)
Mazkur yarmarkada 30 nafar talaba ishga qabul qilish bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishdi.
