Viloyatimiz bo’ylab davom etayotgan “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” festivali doirasida tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar yoshlar uchun samarali va esda qolarli taassurotlarga boy bo’lmoqda.
Termiz davlat universiteti professor-o’qituvchi va talabalari festivalning mazmunli o’tishida o’z hissalarini qo’shishmoqda.
Milliy libos va san’at fakulteti talabalar tomonidan mohirona chizilgan rasmlar ko’rgazmasi, xalqaro va respublika tanlovlari g’oliblarining jonli ijroda kuylayotgan kuy-qo’shiqlari, "Jayhun" folklor-etnografik jamoasi chiqishlari festivalga o‘zgacha shukuh bag‘ishlamoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!