Xabaringiz bor, Termiz davlat universitetida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va tizimli tashkil etish maqsadida zakovat intellektual o‘yini, “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” nomli esselar, “Mening universitetim” nomli rasmlar va “Kitobxonlik” tanlovlari, universitetda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadida talabalar o‘rtasida "Rektor kubogi" musobaqasi o'tkazilgan edi.
Bugun ushbu tanlov va musobaqalarda g‘olib bo‘lgan talalalarning, shuningdek, oliygohlararo “Yilning eng faol talabalar teatr studiyasi” tanlovining hududiy bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritgan “Janub gavhari” jamoasining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor O.Shofiyev, fakultet dekanlari, tyutorlar va faol talabalar ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, barcha tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar 1-o‘rin uchun 1 mln so‘m, 2-o‘rin uchun 800000 so‘m, 3-o‘rin uchun 600000 so‘m miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.