Xabaringiz bor, barcha OTMlarda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari, bitiruv malakaviy ish himoyalari bo‘lib o‘tmoqda.
Termiz davlat universitetida ham bitiruvchi kurslar uchun mutaxassislik fanlaridan yakuniy davlat imtixon jarayonlari tashkil etilmoqda.
Shu kungacha Informatika o‘qitish metodikasi, Pedagogika va psixologiya, Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, Maktabgacha ta’lim, Jismoniy madaniyat, Jismoniy madaniyat (ayollar sporti), Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili, Filologiya va tillarni o‘qitish: tojik tili, Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha), Geografiya ta'lim yo‘nalishlari bitiruvchilari mutaxassislik fanlaridan davlat imtixonlarini topshirishdi.
Jarayonlar davom etmoqda.