Joriy yilning 13-iyun sanasida Termiz davlat universiteti Magistratura bo‘limi Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi hamda Fizika (yo‘nalish bo‘yicha) mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil oluvchi magistratura tinglovchilarining magistrlik dissertasiyasi himoyasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Dastlab magistrlar tomonidan dissertasiya bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi hamda ilmiy rahbarlar magistrantlar bilan olib borilgan izlanishlar, mavzuning dolzarbligi borasida fikr-mulohazalarini bildirishdi. Magistrantlarga e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.
Bizni kuzatishda davom eting!