Joriy yilning 11-iyun sanasida Termiz davlat universiteti Magistratura bo‘limi Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha tahsil oluvchi 3 nafar magistratura tinglovchilarining magistrlik dissertasiyasi himoyasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Dastlab magistrlar tomonidan dissertasiya bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi hamda ilmiy rahbarlar magistrantlar bilan olib borilgan izlanishlar, mavzuning dolzarbligi borasida fikr-mulohazalarini bildirishdi. Magistrantlarga e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.
Bizni kuzatishda davom eting!