Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talaba-yoshlari ishtirokida “Biz ta’limda korrupsiya va huquqbuzraliklarga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda TerDU Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i F.Qodirov, universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Toshqobilov, huquqshunos B.Shoymardonov ishtirok etishdi.
Mazmunli suhbat jarayonida korrupsiya va huquqbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumotlar aytildi, korrupsion harakatlar natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Mavzu yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
Shuningdek, yoshlarga korrupsiya oqibatida yuzaga keladigan ijtimoiy muammolar aks etgan videorolik namoyish etildi.
Bizni kuzatishda davom eting!