Konstitutsiyaviy komissiya raisi o‘rinbosari ishtirokida davra suhbati

 Konstitutsiya – mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan uchrashuv, davra suhbati, ochiq muloqot va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar yuksak samaralar bermoqda.

Termiz davlat universitetida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi  “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan milliy komissiyada hamda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda O’zLiDePning ishtiroki” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni Termiz davlat universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori R.To‘rayev ochib berdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raisi, Konstitutsiyaviy komissiya raisi o‘rinbosari A.Xaitov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan milliy komissiya hamda konstitusiyaviy islohotlarni amalga oshirishda O‘zLiDePning ishtiroki to‘g‘risida  nutq so‘zladi. Professor-o‘qituvchilar mavzusi bo‘yicha fikr va mulohazalar bildirishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 49

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 51

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 52

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil