Termiz davlat universitetida 2022 yil 28-may kuni universitet Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Dastlab  O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.To‘rayev tomonidan muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan, ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilarga diplom attestatlari tantanali ravishda topshirildi.

Kun tartibida universitetda universitetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida 2021-2022 o‘quv yili qishki semestr natijalari tahlili, Termiz davlat universitetida oliy ta’limning jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda raqobatbardoshlikni ta’minlash borasida xorijiy hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari, 2021 yildagi yutuqlar va 2022 yil rejalari, talabalar turar joylari, xususiy xonadon va ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, 2021 yilda universitetda xotin-qizlar bilan ishlash, talaba qizlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni ish bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilgan manzilli ishlar hisoboti va 2022 yildagi vazifalar, Tabiiy fanlar fakultetida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, raqobatbardoshli kadrlar tayyorlash faoliyatining tahlili to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqildi.

TerDUning bir guruh professor-o‘qituvchilari Qozon federal universiteti Boshqaruv, iqtisod va moliya institutida 2022 yil 10-maydan 17-maygacha 1+3 shakldagi “Oliy maktabda o‘qitish asoslari” dasturi bo‘yicha malaka oshirish kurslari ishtirok etib qaytishdi. Boshqaruv, iqtisod va moliya instituti, Psixologiya va ta’lim instituti hamda Termiz davlat universiteti hamkorligida tashkil etilishi rejalashtirilgan kurslar to‘g‘risida Kengash a’zolariga taqdimot qilindi. 

Dotsent (5 nafar) va professor (1 nafar) ilmiy unvoniga taqdim etish bo'yicha universitet Kengashi qarori qabul qilindi.

Kengash aʻzolari universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, monografiya, risola hamda oʻquv qoʻllanmalarni nashr etish uchun tasdiqlab berishdi.

Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 48

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil