Oilaviy munosabatlar destruksiyasining psixologik tadqiqi: muammo va yechimlar

Termiz davlat universitetida  Rossiya, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va yurtimizning barcha hududlaridagi professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar ishtirokida "Oilaviy munosabatlar destruksiyasining psixologik tadqiqi: muammo va yechimlar" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda TerDU O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.To‘rayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O‘.Xoliyorov hamda Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor M.Xoshimxo‘jayevlar ham ishtirok etishdi.

 Konferensiya quyidagi oltita sho’baga bo’lingan holda tashkil etildi hamda 200 dan ortiq maqolalar qabul qilindi. 

1.  Jahonda oila mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion psixologik yondashuvlar; 
2.  Oilaviy munosabatlar destruksiyasi: sabab, oqibatlari va ularning oldini olish;
3.  Oilaviy munosabatlar destruksiyasini psixologik tadqiq etishning ilmiy nazariy asoslari; 
4.  Oilaviy munosabatlar destruksiyasini bartaraf etishda psixoterapevtik yo‘nalishlarning imkoniyatlari; 
5.  Zamonaviy psixologiyaning dolzarb muammolari;
6.  Oila bilan bog‘liq ijtimoiy psixologik muammolarni bartaraf etishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari

Anjuman davomida oilada shaxslararo munosabatlar optimallashuvida ona shaxsining o‘rni, o‘smirlar shaxsi dinamikasida destruktiv xulq-atvorning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishi va tarbiya buzilishining kelib chiqishida ijtimoiy muhit va oilaviy tarbiyaning o‘rni, oila bilan bog‘liq ijtimoiy muammolarni bartaraf etishning psixologik mexanizmi, oilada shaxslaro munosabatlar rivojlanishida milliy psixologik xususiyatlarning o‘rni, oilada axloqiy sifatlarni shakllantirishda ustanovkalarning o‘rni, oila mustahkamligini ta’minlashdagi muhim omillar, oilaviy munosabatlar destruktruksiyasini bartaraf etishda pozitiv psixologiyaga yo‘naltirish afzalliklari, oila – ekologik tarbiyaning muhim subyekti sifatida kabi mavzularda ma'ruzalar qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 48

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil