Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Termiz davlat universiteti va Rossiyaning Yaroslov Mudriy nomidagi Novgorod davlat universiteti o'rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda Novgorod davlat universitetining xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori – Buykin Stepan Vyacheslavovich,  xalqaro hamkorlik departamenti direktori – Pevzner Mixail Naumovich, xalqaro ta'lim dasturlari va akademik mobillik kafedrasi mudiri – Ushanova Irina Anatolyevna,  uzluksiz pedagogik ta’lim instituti direktori, professor – Shirin Aleksandr Glebovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent, yuridik instituti direktor o'rinbosari–Groxotova Valentina Vladimirovna,  axborot texnologiyalari va tizimlari kafedrasi mudiri, professor-Petrov Roman Valerievich hamda Termiz davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor – M.M.Xoshimxo'jayeva hamda Termiz davlat universiteti professor – o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida ilg'or o'qitish usullarini ishlab chiqish bo'yicha tajriba almashish, o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyalar va oliy o‘quv yurtlarida chop etiladigan ilmiy jurnallarda nashr etish imkoniyatlari haqida hamda bakalavrlar va magistrlarning akademik mobilligini  rivojlantirish bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tdi.

 Novgorod davlat universiteti instituti va TerDU fakultetlari o‘rtasida ilmiy, uslubiy va ta’limiy yo‘nalishlarni rivojlantirish masalalari bo'yicha hamkorlik qilishga kelishildi

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 48

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil