TerDUda "Innowomenweek" haftaligiga start berildi

Bugungi kunda O'zbekiston xotin-qizlar hayotimizni barcha soha va tarmoqlarida o'zlarini to`la namoyon  etib kelmoqda. Shu tufayli ularning iqtidorlarini yuzga chiqarish maqsadida Termiz davlat universiteti hamda Surxondaryo viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida TerDU Ijtimoiy fanlar fakultetida “Innowomenweek" xotin-qizlarning innovatsion haftaligining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Unda Termiz muhandislik-texnologiya instituti dotsenti, pedagogika fanlar doktori O'.Sultanova, TerDU Pedagogika instituti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi S.Tursunova, TerDU Boshlangich ta‘lim  kafedrasi  mudiri, biologiya fanlari nomzodi, dotsent, D.Qodirova, Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) N.Amonova, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi "O'qituvchilar Assotsatsiyasi" jamoat birlashmasining Surxandaryo viloyati bo'limi rahbari, TerDU Milliy libos va san'at fakultetining Musiqa ta'limi kafedrasi o'qituvchisi D.Raxmonova, Termiz davlat universiteti Xotin-qizlar masalalari bo’yicha Kengash raisi D.Hamzayeva tyutor va talaba qizlar ishtirok etishdi
 
Shuningdek, haftalik davomida: 

“TECHNOWOMENUZ” forumi; 

Hokim o’rinbosarining iqtidorli qizlar bilan uchrashuvi; 

“Ilm-fan va innovatsiyalarni tashkil etishda olima xotin-qizlar va iqtidorli talaba qizlarning o’rni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar; 

 “Tibbiyotda zamonaviy tadqiqotlar, olima ayollarning yutuqlari va innovatsiyalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar;

“Muhandislik-texnologiya sohalarini rivojlantirishda xotin-qizlarning o’rni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar;

Startapdan ekspertgacha zamonaviy innovatsion g’oyalar bo’yicha ko’rgazmalar tashkil etish; 

“Tabiat va tabobat olamida ayollarning roli” mavzusida ilmiy-amaliy konfirensiya o’tkazish kabi tadbirlar o’rin olgan.

Haftalik so’ngida faol ishtirok etgan xotin-qizlar va talaba yoshlar diplom hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 48

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil