TerDUda navbatagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ish boshladi

2022 yil 20-21-may kunlari Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 martdagi №-11F raqamli bayonnomasi asosida “O‘zbek xalqi og‘zaki ijodiyotida baxshichilik san’atining jahon miqyosidagi o‘rni” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. 
 Anjumanda quyidagi shoʻbalar faoliyat yuritishi rejalashtirilgan:
1-shoʻba. Xalq baxshichiligi va dostonchiligiga oid etnologik yoshdashuvlar
 2-shoʻba. Baxshi, doston tushunchasining etnologik tahlili va ijro etish usullari
3-shoʻba. O‘zbek xalq baxshilari hayoti va ijodidagi etnomadaniy jarayonlar
4-shoʻba. Baxshichilik maktablarida ustoz-shogirdlik an’analarining etnik xususiyatlari
5-shoʻba. Xalq og‘zaki ijodi va uning etnotarixiy tahlillari
6-shoʻba. Xalq og‘zaki ijodidagi an’anaviylik va transformatsion jarayonlar 
7-shoʻba. Xalq og‘zaki ijodida katta ashula, maqom, lapar, marosim qo‘shiqlari, xalq qo‘shiqlari, aytishuvlar, matallar, maqollar, termalarni o‘rganilishi va uning  etnologik  o‘rganilishi.
Anjumanga respublika va xalqaro miqyosda faoliyat ko‘rsatayotgan oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari, muzeylar hamda boshqa muassasalardagi ijtimoiy-gumanitar fanlarning ilmiy xodimlari, yosh olimlari, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar, hamda magistr talabalari ishtirok etishmoqda.

“Baxshichilik san’atining tarixiy ildizlari”, “Xalq og‘zaki ijodida etnografik marosimlarning aks etilishi”, “Baxshichilik san’atida dehqonchilik marosimlarining yoritilishi”, “Baxshichilik san’atining milliy tarbiyamizga ta’siri”, “Baxshichilik san’atida nomoddiy madaniyatning aks ettirilishi” va boshqa mavzularda xalqaro hamda respublika miqyosda taniqli olimlar ma’ruza qildilar. 
O‘zbekiston xalq baxshilari – Safar baxshi Shaydilov, Baxshiqul baxshi Tog‘ayev, Rasul baxshi Umirov, Do‘stlik ordeni sohibasi Zulhumor baxshi Shernazarova, Omondavlat baxshi Shernazarov, Gulboy baxshi Mirzayev, Boboqul baxshi Xolmatov, Mamarasul baxshi Eshimovlarning ishtiroki anjumanning yanada ko‘tarinki kayfiyatda o‘tishiga zamin yaratdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 48

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil