Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bitiruvchilari ish bilan ta'minlanmoqda

Termiz davlat universiteti hamda Surxondaryo viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi hamkorligida Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi. 

Unda TerDU Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i A.Toshev, Maktabgacha taʼlim boshqarmasi kadrlar boʻlimi boshligʻi A.Ashurov, Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri M.Norbosheva, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari vakillari hamda bakalavr va magistratura bosqichi bitiruvchi talabalari ishtirok etishdi. 

Ma’lumot o‘rnida aytishimiz mumkinki, joriy yilda Maktabgacha ta’lim yo‘nalishining bakalavr va magistratura bosqichini 108 nafar talaba tamomlaydi. Shundan 73 nafar talaba amaliyot o‘tash vaqtida MTMlarga ishga joylangan. To’rt nafar talaba bugungi uchrashuv davomida ishga qabul qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 48

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil