Xotira bor ekan — millat barhayot

Termiz shahridagi Xotira maydoni. Motamsaro ona haykali siymosida dahshatli urushda halok bo‘lgan farzandlari haqida o‘ylab, nigohini bir nuqtaga qadagancha o‘tirgan mushfiq ona chuqur qayg‘uga botgan bo‘lsa-da, ruhiyatida matonat, mustahkam iroda aks etgan. Go‘yo farzandlari hamon tirik...

Bu yerga Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, sektorlar rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tashrif buyurishib, maydon uzra taralgan harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.

Tadbirda TerDU jamoasi ham munosib ishtirok etishdi. Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz yod etildi.

Bizni kuzatishda davom eting

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 48

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil