Termiz davlat universitetida maktab o‘quvchilari uchun viloyat olimpiadasi bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4805-son, 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi talim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5032-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 8-sentabrdagi 383-sonli buyrugʻi ijrosi hamda 2022-yil 30-martdagi 03/35-3/1-15-sonli xat ijrosini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash va oliy ta’limga saralab olish maqsadida Surxondaryo viloyatida TerDU tashabbusi bilan umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o’rtasida viloyat fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

 Fan olimpiadasida “Kimyo”,”Biologiya” va “Fizika” fanlari bo'yicha umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. 

Olimpiada to‘rt bosqichda bo’lib o’tdi:

1-maktab bosqichi;
2- tuman (shahar) bosqichi;
3- viloyat bosqichi;
4- universitet bosqichi.

Olimpiada 2 turdan iborat:

I tur. Fanlar bo‘yicha 5 ta yozma topshiriq 50 ball;
II tur. Fanlar bo‘yicha 1 ta labaratoriya ishi 50 ball.

 Ma’lumot uchun: joriy yilning 23-24-aprel kunlari mazkur olimpiadaning joylarda tuman (shahar) bosqichi, 30- aprel viloyat bosqichi bo’lib o’tgan edi. 2022 yil 5-may sanasida mazkur olimpiadaning so‘nggi –universitet bosqichi o‘tkazildi. 

Har bir fan (kimyo, biologiya va fizika)dan 5 nafar mutaxassisdan iborat komissiya guruhi shakllantirildi.  Jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtishi, korrupsiyadan holiligini taʼminlash maqsadida You tube sahifasida toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

Kimyo fanidan: 

1-o‘rinni Olimov Zarifjon Zokir o‘g‘li Qumqo’rg’on tumani 16-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi; 
2-o‘rinni Raximova Go’zal Alisher qizi Boysun tumani 13- umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi; 
3-o‘rinni  Ashurov Navro‘zbek Ulug‘bek o‘g‘li Jarqo‘rg‘on tumani 12-KBFCHO‘IMI 11-sinf o‘quvchisi. 

Biologiya fanidan:

1-o‘rinni Eshboyev Sirojiddin Shavkat o’g’li, Boysun tumani 49- umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
2-o‘rinni Choriyeva Lobar O‘ngboy qizi Jarqo‘rg‘on tumani 12-KBFCHO‘IMI 11-sinf o‘quvchisi;
3-o‘rinni Boboyorova Pokiza Salim qizi Termiz tumani 23 - umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi.

Fizika fanidan:

1-o‘rinni Yo’ldoshev Ahror Husan o’g’li Termiz shahri Al Xakim At Termiziy nomidagi 1-sonli FMMI 11-sinf o‘quvchisi;
2-o‘rinni Shaydullayev Anvar Shavkat o’g’li Muzrabot tumani 32-IDUM 11-sinf o‘quvchisi;
3-o‘rinni Tog`ayev Hasan Musurmon o‘g‘li Oltinsoy tumani 6-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi.

Termiz davlat universiteti Matbuot xizmati

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 48

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil