Algebra va geometriya kafedrasi professori I.Allakov tomonidam umumta'lim maktabi o‘quvchilari rag'batlantirildi

Surxondaryo viloyati Termiz tumani 3-umumta'lim maktabida Termiz davlat universiteti Algebra va geometriya kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Ismoil Allakov tomonidan o'quvchilarning bilimini va ma'naviy salohiyatini shakllantirish maqsadida matematika fanidan "Eng namunali o'quvchi" mavzusida fan olimpiadasi tashkil etildi.

Unda o'zining bilimdonligi va zukkoligi bilan "Eng namunali o'quvchi" nominatsiyani 9-sinf o'quvchisi Sattorov Rustam egalladi.

Shuningdek, olimpiadada faol ishtirok etib, yuqori o'rinni egallagan quyidagi o'quvchilarga I.Allakovning shaxsiy jamg'armasidan diplom, esdalik sovg'alari hamda pul mukofotlari topshirildi:

11-sinf o‘quvchisi Rasgeldiyev Nodirbek (200 ming so'm)

10-sinf o‘quvchisi Xo'jayorov Bobojon (200 ming so'm)

9-sinf o‘quvchisi Ilog'liyeva O'g'iloy (200 ming so'm) ham pul mukofotlarini qo'lga kiritishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 48

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil