Termiz davlat universitetida UzTESPING loyihasi doirasida seminar va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilda 19-maydagi “O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5117-sonli qaroriga hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi “Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 312-sonli qaroriga binoan ta’lim muassasalari o’qituvchilar uchun zamonaviy o’qitish ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida tizimli ishlar yo’lga qo’yilmoqda. 

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi hamda I.M Gubkina nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali tomonidan respublikamizning barcha hududlarida ESP – English for Specific Purposes, (nofilologik yo’nalishlarda maxsus maqsadlarga yo’naltirilgan ingliz tili) seminar-treninglar o’tkazilishini rejalashtirgan. 
 
Bepul seminar-treninglar o’tkazilishidan asosiy maqsad, talabalarni kasbga yo’naltirilgan ingliz tili o’qitilishini takomillashtirish va o’qituvchilar malakasini oshirish, ularni shu sohadagi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishtirishdan iboratdir. Ushbu loyiha yuqori malakali va xalqaro tajribaga ega trenerlar tomonidan o’tkazilmoqda.

Termiz davlat universitetida viloyatdagi oltita oliy taʼlim muassasalarida ingliz tilidan dars beruvchi barcha o’qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminar-treningni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Surxondaryo viloyati hududiy vakilligi boshligʼi Petrosova Lola Davronovna, Gubkina neft va gaz universiteti Chet tillar kafedrasi mudiri, O‘zTESPING koordinatori o‘rinbosari, PhD Durdona Qodirbekova hamda Termiz davlat universiteti oʻqituvchisi, O‘zTESPING hududiy koordinatori Mamaraimova Dildoralar tomonidan olib borildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 48

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil