TerDU talabalari uchun mahorat darsi

Bugun Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at hamda Arxitektura va qurilish fakultetlarining talabalariga Satbayev nomidagi Qozogʻiston milliy texnika universitetining texnika fanlari doktori, akademik Kenjabek Akmalayev "Arxitektura elementlarini loyihalash" fanidan amaliy mashg'ulot darslarini olib bordi. 

Unda talablarga qurilish-konstruksiyalash ishlarida ishlatiladigan zamonaviy qurilish materiallari, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning konstruksiyasi hamda qo'llash usullari, shuningdek, qurilish borasida Qozog'iston texnologiyalari to‘g‘risida keng tushunchalar berildi.

Amaliy mashg'ulot qiziqarli bo'lib o'tdi. Talabalar faol ishtirok etishib, o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 46

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil