Tabriklaymiz

TerDU talabasi Abdunazarov Abdurahmon “NIHOL” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Termiz davlat universiteti talabasi, "Kelajak bunyodkori" medali sohibi "Respublika yoshlar ovozi" festivali hamda “Yil talabasi-2021” Respublika tanlovining “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi g‘olibi, Qiziriq tumani “Qoʻngʻirot” folklor-etnografik xalq ansambli ishtirokchisi Abdunazarov Abdurahmon “NIHOL” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Abdunazarov Abdurahmon respublika bosqichida “Mumtoz qoʻshiq” ijrochiligi yoʻnalishi boʻyicha oʻz ijrosini hakamlar hayʼatiga namoyish etib, “Nihol” davlat mukofotini qoʻlga kiritdi hamda viloyatimizdan mazkur mukofotga sazovor boʻlgan yettinchi isteʼdod egasiga aylandi.

Shu munosabat bilan TerDU jamoasi nomidan Abdunazarov Abdurahmon Zokirjon o‘g‘lini navbatdagi yutug'i bilan tabriklaymiz hamda mustahkam sog'lik, faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz.

 Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 46

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil