Joriy yilning 11-13 aprel kunlari O‘zbekiston Milliy universitetida “Elsevier S&T” xorijiy kompaniyasi tomonidan 3 kunlik o‘quv seminar-trening bo'lib o'tdi

Trening Scopus va SciVal platformalarida ishlash, universitet profillarini tahlil qilish va xalqaro hamkorlikni tashkil etish uchun hamkorlar topish sohasidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan. 

Seminar-treningda 12 ta oliy ta`lim muassasalaridan ishtirok etayotgan vakillari ushbu platformalardan amalda foydalanishni o‘rganishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Shuningdek, seminar-treningda Termiz davlat universitetidan xalqaro reyting bo'yicha mas'ul sifatida vakillar ishtirok etishdi.

Trening Kirill Ivanov (Rossiya federatsiyasi), Rabiga Khozhamkul (Qozog‘iston) hamda Damir Rahmetov - “Elsevier S&T”ning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon boʻyicha mintaqaviy rahbari tomonidan olib borildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 46

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil