TERDUDA BOBUR TAVALLUDINING 539 YILLIGI KENG NISHONLANDI

Bugun kun davomida Termiz davlat universitetida buyuk shoir, davlat va jamoat arbobi, sarkarda Z.M.Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan barcha fakultetlar va Axborot resurs markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Universitet faollar zalida tashkil etilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda OAVlari vakillari ishtirok etdi. Uni Termiz davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Shofiev kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, Zahiriddin Muhammad Boburning dunyo tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi, uning boy adabiy merosining yosh avlod uchun ulkan xazina ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

So‘ng boburshunos olimlar tomonidan shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi ma’ruza qilindi, talabalar tomonidan ruboiy, g‘azallar o‘qildi, qo‘shiqlar kuylandi hamda sahna ko‘rinishlari ijro etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil