Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari davom etmoqda.
Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Ayni paytda my.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirgan abituriyentlar belgilangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha suhbatlarda ishtirok etmoqda.