Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov Termiz tumanidagi sobiq “Paxtaoy” bolalar oromgohi hududida bo‘lib, maskanda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Ma’lumot o‘rnida, 6,7 gektar maydonda kasaba uyushmasi bog‘i hamda zamonaviy sanatoriya-oromgoh tashkil etish rejalashtirilgan.
Tashrif davomida loyihalar taqdimoti bilan tanishgan rektor hudud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda Spin-off korxonalarini tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.