Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida yosh bojxona xodimlari o‘rtasida ijodiy tanlovlar o‘tkazildi
🟢Tanlov O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya asosida tashkil etildi.
🟢Ishtirokchilarning Vatanga muhabbat, mustaqillik, milliy qadriyatlar, yurt tinchligi va farovon kelajakni tarannum etgan ijodiy ishlari Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan xolis va adolatli baholab borildi.
🟢Eng munosib ijodiy namunalar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun saralab olindi.