💻 Universitetida ta'lim, ilm-fan va boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Quyida joriy etilgan muhim raqamli platformalar va tizimlar oid qisqa ma'lumot keltiriladi:
🔹kpi.tersu.uz – Samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) boshqarish platformasi takomillashtirildi. Tizimda ilmiy jurnallar bilan ishlash jarayonlari to‘liq yo‘lga qo‘yildi hamda sun'iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash imkoniyati joriy etildi.
🔹 journals.tersu.uz – "TerDU xabarlari" hamda "Iqtisodiy tahlil va tadqiqotlar" ilmiy jurnallarini elektron boshqarish va ilmiy maqolalarni keng jamoatchilikka taqdim etish imkoniyatlari yaratildi.
🔹 arm.tersu.uz – Universitetning raqamli kutubxonasi yanada takomillashtirildi. Foydalanuvchilar uchun yangi qulaylik va qo‘shimcha funksiyalar ishga tushirildi.
🔹 cv.tersu.uz – Professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarning ma'lumotnomalari (obyektivka)ni to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda shakllantiruvchi zamonaviy platforma ishga tushirildi.
🔹 registrator.tersu.uz – Kafedra yuklamalari, o‘quv yuklamalarini taqsimlash, shaxsiy ish rejalari hamda monitoring jarayonlarini avtomatlashtiruvchi yagona axborot tizimi yaratildi.
🔹joint.tersu.uz – Qo‘shma ta'lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish jarayonini onlayn tashkil etuvchi elektron platforma joriy qilindi.
E'tiborli tomoni Termiz davlat universitetida amalga oshirilayotgan ushbu raqamli transformatsiya loyihalari boshqaruv samaradorligini oshirish, ta'lim va ilmiy faoliyatni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida rivojlantirish hamda foydalanuvchilar uchun qulay va shaffof raqamli ekotizimni yaratishga xizmat qilmoqda.
