Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida bo'lib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ilmiy asosda o'rganish hamda tahliliy tadqiqotlarni yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida Surxondaryo viloyatining tuman va shaharlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini kompleks ilmiy tadqiq etish bo'yicha qo'shma reja-grafik ishlab chiqilib, o'zaro hamkorlikni izchil yo'lga qo'yishga kelishib olindi.
.jpg)