Bugun Termiz davlat universitetida unutilmas lahzalarga boy bitiruv tantanalari bo‘lib o‘tdi. Kun davomida bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga diplomlar topshirildi.
🟢Kunning eng hayajonli onlari esa kechqurun universitet stadionida davom etdi. Bu yerda bakalavriatni qizil diplom bilan tamomlagan bitiruvchilar hamda magistratura bitiruvchilariga diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
🟢Tadbir avvalida Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov bitiruvchilarni samimiy qutlab, bugungi kunning mazmun-mohiyati, ilm-fan va fidoyilikning qadri haqida so‘z yuritdi.
🟢Shuningdek, yosh mutaxassislarga ulkan ishonch bildirib, ularning kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar va omad tilad
🟢Bayramona ruh hukm surgan oqshom kuy-qo‘shiqlar, san’atkorlarning chiqishlari hamda yorqin mushakbozlik namoyishlari bilan yanada fayzli tus oldi.
🟢Quvonch, hayajon va faxr tuyg‘ulari uyg‘unlashgan ushbu lahzalar bitiruvchilar xotirasida uzoq yillar saqlanib qoladigan unutilmas xotiraga aylandi.
📌Ma’lumot o‘rnida: Joriy o‘quv yilida Termiz davlat universitetini 4 ming nafardan ortiq talaba tamomlamoqda. Quvonarlisi, bugungi kunga qadar bitiruvchilarning 90 foizi ish bilan ta’minlangan.
✨Aziz bitiruvchilar! Termiz davlat universitetida olgan bilim va tajribangiz yurtimiz ravnaqi yo‘lida munosib xizmat qilishiga ishonamiz.
📸Fotojamlanma havolasi: https://t.me/TerDU_2026