2025/2026 o‘quv yili yakunlari sarhisob qilindi, yangi o‘quv yili vazifalari belgilandi.

Termiz davlat universitetida "2025/2026 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida ustuvor vazifalarni belgilash" mavzusiga bag‘ishlangan universitet Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda universitet rektori dastlab TerDUning xalqaro reytinglardagi yutuqlari va erishilgan ijobiy natijalarga to‘xtalib, ushbu muvaffaqiyatlarga munosib hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar hamda mas’ullarga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, bitiruvchilar bandligini ta’minlash, bitiruv tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, yangi ochilgan ta’lim yo‘nalishlariga talabalarni jalb etish hamda joriy yil yakuniga qadar 28 ta ta’lim yo‘nalishini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilishda Universitet pedagog-xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash (KPI) mezon (indikator)lariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida va Turli masalalar yuzasidan soha prorektorlarining ma’ruzalarining tinglandi.

Jarayonda qator tashabbus hamda yangilanishlar Kengash a’zolarining tasdig‘idan o‘tkazildi. Yig‘ilish yakunida yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifati va universitetning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 15

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 29

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 23

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil