Talabalar ovozi – rivojlanishning eng muhim mezoni

Termiz davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi vakillari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.

🟢Uchrashuv davomida talabalar ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot faoliyati, startap va innovatsion loyihalar, xalqaro almashinuv dasturlari, stipendiyalar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

🟢Muloqotning eng muhim jihati shundaki, har bir savol va taklif e’tibor markazida bo‘ldi. Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha mutaxassislar va mas’ul vakillardan atroflicha javob oldilar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq fikr almashildi.

✨ Bugungi uchrashuv yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, Termiz davlat universitetida talabalarning fikri qadrlanadi, tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi va ularning kelajagi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.

📌 Bildirilgan taklif va mulohazalar universitet hamda ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladigan muhim g‘oya va tashabbuslar sifatida qayd etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 15

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 29

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 23

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil