Termiz davlat universiteti dunyoning eng yaxshi 500 ta universiteti safidan joy oldi

Termiz davlat universiteti xalqaro maydondagi nufuzini yana bir bor mustahkamlab, nufuzli Times Higher Education (THE) Sustainability Impact Rankings 2026 reytingida yuqori natijaga erishdi.

Reyting natijalariga ko‘ra, universitet dunyoning 1603 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasi orasida 401–600-o‘rinlar guruhidan joy oldi. Bu ko‘rsatkich oliygohning BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda ta’lim va ilm-fan orqali jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi xalqaro miqyosda e’tirof etilganini ko‘rsatadi.

E’tiborli jihati shundaki, universitet Barqaror rivojlanishning barcha 17 ta maqsadi bo‘yicha baholangan. Xususan, "Arzon va toza energiya" (SDG 7) yo‘nalishi bo‘yicha dunyoda 36-o‘rinni, "Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash" (SDG 13) yo‘nalishi bo‘yicha esa 85-o‘rinni egallab, mazkur sohalardagi eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin oldi.

Mazkur natijalar Termiz davlat universitetining xalqaro reytinglardagi mavqei tobora mustahkamlanib borayotganini, shuningdek, ilm-fan, innovatsiyalar va barqaror taraqqiyot sohalarida izchil faoliyat yuritayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

✅ BATAFSIL:

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 15

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 29

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 23

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil