Bitiruvdan 28 yil o‘tib: TerDUda unutilmas uchrashuv

Termiz davlat universitetining Moliya yo‘nalishi bitiruvchilari ta’lim maskanida yana bir bor diydorlashdilar. Uchrashuv universitetda faoliyat yuritayotgan ustozlari bilan samimiy muloqotdan boshlandi. Yillar davomida ilm va tarbiya bergan ustozlarga chuqur ehtirom ko‘rsatilib, talabalik davrining unutilmas onlari yodga olindi.

🟢Universitet rektori, professor A.Toshqulov kursdoshlari bilan kampus bo‘ylab sayr qilar ekan, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, zamonaviy infratuzilma hamda universitetning xalqaro maydondagi nufuzi va xalqaro­lashuv jarayonlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

🟢Fayzli dasturxon atrofida kechgan samimiy suhbatlar, dil izhorlari va universitet orkestr jamoasining jozibador chiqishlari uchrashuvga o‘zgacha ruh va ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

🟢Yillar o‘tadi, avlodlar almashinadi, ammo universitet bag‘rida shakllangan do‘stlik, ustozga hurmat va talabalik xotiralari hamisha qalblarda yashaydi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 15

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 29

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 23

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil