TerDUda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

15–16-iyun kunlari Termiz davlat universitetining Tarix hamda O‘zbek filologiyasi fakultetlarida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 70 dan ortiq tashkilot va korxonalardan vakillar ishtirok etib, talabalar va bitiruvchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari hamda kelajakdagi hamkorlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdi.

Yarmarka davomida yoshlar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish va munosib ish o‘rinlari bo‘yicha takliflar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yilida Termiz davlat universitetini 4 mingdan ortiq bitiruvchi tamomlashi kutilmoqda. Hozirning o‘zida ularning qariyb 65 foizi ish bilan ta’minlangan. O‘tgan o‘quv yili yakunlariga ko‘ra esa universitet bitiruvchilarining 96 foizdan ziyodining bandligi ta’minlangan.

✅Sizga mos ishlarni topish uchun eng qulay platformalar:
Ish qidirish saytlari:
1. career.edu.uz - Talaba va ish beruvchilar uchun yagona platforma
2. vacancy.argos.uz – yirik tashkilotlar va korxonalarda bo‘sh ish o‘rinlari.
3. https://osonish.uz/ - O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan yaratilgan; soddalashtirilgan onlayn ariza topshirish, ariza holatini kuzatish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchiga bog‘lanish imkoniyatlari bilan eng zamonaviy platforma.
4. hh.uz – xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi platforma.
5. ishplus.uz – yoshlar uchun tezkor va qulay imkoniyat.
6. ish-bor.uz – turli sohalardagi yangi e’lonlar.
7. olx.uz/rabota – minglab ish takliflari bir joyda.

💼 Bu saytlarda siz:
✨ O‘zingizga mos ishni qidirib topishingiz;
✨ Ish beruvchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishingiz;
✨ Arizani onlayn topshirishingiz mumkin.

TerDUda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash va ularni mehnat bozoriga muvaffaqiyatli yo‘naltirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 20

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 31

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 28

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil